Chuqurlashtirilib o'qitiladigon fanlar

Popular-05-512
Male teacher icon with pointer

Bugungi kunda mustaqil vatanimizga munosib vorislarni tarbiyalash muhim masalalardan biri hisoblanib, buning uchun yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz kerak. Bu sohada esa xalqimizning boy tarixi, o‘tmishda o‘tgan buyuk allomalarimiz, chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan xalq qahramoblarimiz tarixini yosh avlodga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘z R IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix faniga ixtisoslashtirilganligi sababli, bu fanni chuqurroq va sifatliroq o‘qitish maqsadida boshqa maktablarda ushbu fanga ajratilgan soatlarga nisbatan bir soat ortiq o‘qitiladi. Masalan:

Xalq ta’limi vazirligining rejasi bo‘yicha oddiy maktablarda  5-6 sinflarda tarix fani 2 soat qilib belgilangan bo‘lsa, IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 3 soat, oddiy maktablarda  7-8-9 sinflarda 3 soat qilib belgilangan bo‘lsa, IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 4 soat qilib belgilangan.

IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5 va 6 sinflarda 2 soat dars Xalq ta’limi vazirligining  belgilangan rejasi asosida o‘tilsa, 1 soati o‘tilgan mavzu bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar hamda internet ma’lumotlari bo‘yicha o‘tiladi.

IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 7-9 sinflarda 3 soat dars Xalq ta’limi vazirligining  belgilangan rejasi asosida o‘tilsa, 1 soati esa “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari tarixi” nomli maxsus dars sifatida o‘qitiladi.

Shu o’rinda 5-6 sinflarda o’quvyili davomida 102 soat, 7-9 sinflarda 136 soat o’tilishi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, 7-9 sinflar o‘quvchilarining bilimlarini yanada oshirish maqsadida har hafta tarix fani bo‘yicha to‘garak sifatida fakultativ darslar ham tashkillashtirilgan. Bu darslarda o‘quvchilar darslik kitoblardan tashqari, o‘zlari qiziqqan tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, jahonda hamda yurtimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar haqida ham suhbatlar, savol-javoblar o‘tkazishadi.

png-format-images-of-teacher-icons-21
kissclipart-powerpoint-slideshow-icon-clipart-computer-icons-p-7fa2f42ac96c7903

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi siaftida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoiyl sifatida o‘z aksini topdi.

O’zbekiston Respubliksai IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Davlat va huquq asoslari o‘quv fanini o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, huquqiy savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.Maqsadimiz o’quvchilar huquqiy savodxonligini oshirishdan iboratdir

Umumiy soat 51  soatni tashkil etadi

png-format-images-of-teacher-icons-21
kissclipart-powerpoint-slideshow-icon-clipart-computer-icons-p-7fa2f42ac96c7903

O’zbekiston Respubliksai IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati 19 iyun 2018 yildagi  Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida tashkil qilindi. Ushbu maktabda o’quvchilar umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartitalablariga muvofiq sifatli o’qitiladi, ularning O’zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari va harbiy akademik litseylarda o’qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo’lgan chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.

Ta’lim jarayoni milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar, tarixda ajdodlarimiz ko’rsatgan jasorat va bugungi kundagi O’zbekistin Qurolli Kuchlarining qahramonlik an’analari asosida o’quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullari joriy etilgan. Maktab-internat ta’lim sohasining maqsadi va vazifasi yuqori darajada ta’lim olgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli shaxslarni shakllantirishdir.

Davlat ta’lim standartlari o’quvchilarning chet tillar bo’yicha bilim va tayyorgarlik darajalarini belgilab beradi, o’quv reja va dasturlar, darsliklar ishlab chiqishda asos bo’ladi. Ixtisoslashgan maktab-internat o’quvchilari o’zlashtiradigan dars soati barcha sinflarda 136 soat etib belgilangan, oddiy maktablarda esa 102 soatni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim standartlariga asoslangan holda chet tilini o’rganish umumta’lim maktablarda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

A1-Boshlang’ich sinf (4-sinf) chet tili o’rganishning boshlang’ich darajasi

A2-9-sinflar bitiruvchilari- chet tili o’rganishning tayanch darajasi

A2+ chet tili chuqurlashtirilib o’qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari.

IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilari A2+ darajasida ta’lim olishadi va kelajakda ingliz tilidan kundalik hayotga oid mavzular(shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo’sh vaqtni o’tkazish haqida ma’lumot), ta’limga oid mavzular ( maktab, o’qish va o’qitish, maktabdagi fanlar haqida) haqida ma’lumotlar bera oladi.

Ingliz tili fanidan I-toifali va yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, kreativ, o’z ustida tinmay ishlaydigan pedagog-o’qituvchilar dars beradi. Ingliz tili fani oddiy maktablardan farqli o’laroq haftasiga 4 soat olib boriladi. Bundan tashqari har bir sinfda qo’shimcha fakultativ darslar o’tiladi. Darslar innovatsion interfaol usullarda olib boriladi. Darsliklarga qo’shimcha ravishda Headway, English Unlimited, Primary Oxford kabi butun dunyo ta’lim sohasida keng foydalanib kelinayotgan horijiy adabiyotlardan foydalaniladi. O’quvchilar hozirgi kunda talab katta bo’lgan ingliz tili fanini kata qizizish bilan o’rganishmoqda.