Chuqurlashtirilib o'qitiladigon fanlar

Popular-05-512
Male teacher icon with pointer

Bugungi kunda mustaqil vatanimizga munosib vorislarni tarbiyalash muhim masalalardan biri hisoblanib, buning uchun yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz kerak. Bu sohada esa xalqimizning boy tarixi, o’tmishda o’tgan buyuk allomalarimiz, chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan xalq qahramonlarimiz tarixini yosh avlodga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. O’z R IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix faniga ixtisoslashtirilganligi sababli, bu fanni chuqurroq va sifatliroq o’qitish maqsadida boshqa maktablarda ushbu fanga ajratilgan soatlarga nisbatan bir soat ortiq o’qitiladi. Masalan: Xalq ta’limi vazirligining rejasi bo’yicha oddiy maktablarda  5-6 sinflarda tarix fani 2 soat qilib belgilangan bo’lsa, IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 3 soat, oddiy maktablarda  7-8-9 sinflarda 3 soat qilib belgilangan bo’lsa, IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 4 soat qilib belgilangan. IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5 va 6 sinflarda 2 soat dars Xalq ta’limi vazirligining  belgilangan rejasi asosida o’tilsa, 1 soati o’tilgan mavzu bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar hamda internet ma’lumotlari bo’yicha o’tiladi.
     IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 7-9 sinflarda 3 soat dars Xalq ta’limi vazirligining  belgilangan rejasi asosida o’tilsa, 1 soati esa “O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari tarixi” nomli maxsus dars sifatida o’qitiladi. Shu o’rinda 5-6 sinflarda O’quv yili davomida 102 soat, 7-9 sinflarda 136 soat o’tilishi bilan ajralib turadi.
     Shuningdek, 7-9 sinflar O’quvchilarining bilimlarini yanada oshirish maqsadida har hafta tarix fani bo’yicha to’garak sifatida fakultativ darslar ham tashkillashtirilgan. Bu darslarda O’quvchilar darslik kitoblardan tashqari, o’zlari qiziqqan tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, jahonda hamda yurtimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar haqida ham suhbatlar, savol-javoblar o’tkazishadi.

png-format-images-of-teacher-icons-21
kissclipart-powerpoint-slideshow-icon-clipart-computer-icons-p-7fa2f42ac96c7903

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qoldi. Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi siaftida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoil sifatida o’z aksini topdi.
     O’zbekiston Respublikasi IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Davlat va huquq asoslari o’quv fanini o’qitishning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi o’quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.
     Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o’rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo’lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Fanga oid kompetensiyalar orqali o’quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, huquqiy savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi. Maqsadimiz o’quvchilar huquqiy savodxonligini oshirishdan iboratdir. Umumiy soat 51  soatni tashkil etadi

png-format-images-of-teacher-icons-21
kissclipart-powerpoint-slideshow-icon-clipart-computer-icons-p-7fa2f42ac96c7903

Bugungi kunning umumiy o`rta ta’limda bilimli, mustaqil fikr yurita oladigan o`quvchi-yoshlarni tayyorlash jarayoniga qo`yayotgan yuqori talablardan biri bu chet tillarini ayniqsa ingliz tilini bilish bilan bog`liq. Ayniqsa bu xizmat faoliyati ijtimoiy-huquqiy, siyosiy jarayonlar bilan bog`liq bo`lgan davlat organi hodimlariga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojning yuqoriligida ko`rinadi. Yuqoridagi talablar ijrosini taminlash maqsadida maktab internatida chet tillarini (ingiz tili) o`qitish kuchaytirilgan tizim asosida yo`lga qo`yilgan.

Davlat ta’lim standartlari o’quvchilarning chet tillari bo’yicha bilim va tayyorgarlik darajalarini belgilab beradi, o’quv reja va dasturlar, darsliklar ishlab chiqishda asos bo’ladi. Ixtisoslashgan maktab-internat o’quvchilari o’zlashtiradigan dars soati barcha sinflarda 136 soat etib belgilangan

IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari A2+ darajasida ta’lim olishadi va kelajakda ingliz tilidan kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo’sh vaqtni o’tkazish haqida ma’lumot), ta’limga oid mavzular (maktab, o’qish va o’qitish, maktabdagi fanlar) haqida ma’lumotlar bera oladi.

Ingliz tili fanidan  yuqori toifali pedagog-o’qituvchilar dars beradi. Ingliz tili fani oddiy maktablardan farqli o’laroq haftasiga 4 soatdan olib boriladi. Bundan tashqari har bir sinfda qo’shimcha fakultativ darslar o’tilishi yo`lga qo`yilgan. Darslar innovatsion interfaol usullarda olib boriladi.